- Massa aralashtiriladi, 5:1 nisbatda qotirgich qo'shiladi va LOBA rang aralashtiruvchi qurilmasi bilan aralashtiriladi. Agar qolgan qismlar qo'shilishi kerak bo'lsa, LOBA o'chov kosasidan foydalanish yoki u bilan o'lchash mumkin. Aralashtirilgandan 2 soatdan keyin ishlov berish mumkin.
- Nisbiy namlik 50% va undan ortiq bo'lgan qurilish maydoni sharoitlarida ventilyatorlar yordamida havo harakatini ta'minlash kerak.
- Yuza tegishli ravishda tekislangan bo‘lishi lozim. Pol quruq va eski qoplamalar, yog‘, moy, mum, silikon, shlifovka changi va boshqa ifloslanishlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
- Ishlov berish uchun maqbul sharoit: xona harorati +15°C - + 25°C, pol harorati +15°C dan +22°C gacha, nisbiy namligi 40% - 65%, material harorati +18°C - + 25°C, taxta namligi maks. 12%, ish xonalarining yetarli shamollatilishi.
- Ishlov berilayotganida parketga shikast yetmasligi uchun xonadagi o‘rtacha yillik mikroiqlimga tayanish lozim.
- Mahsulot polga quymang, LOBA chelagini qo'llang.
- Material yaxshilab qorilsin.
- Ishlatiladigan yog'och rangi, tarkibi va g'ovaklilik, shunungdek silliqligi rangga o'z ta'sirini o'tkazadi.
O'zingiz uchun yoki zarurat tug'ilsa mijoz roziligiga ko'ra silliqlashning texnologiyasi bo'yicha sinov sifatida bo'yashni qat'iy tavsiya qilamiz. - LOBAning "Schleifanweisung Colorieren von Parkettböden" (Silliqlash va parket pollarni bo'yash bo'yicha ko'rsatmalari) ga e'tibor berilsin.
- Bo'yashdan oldin rejalashtirilayotgan ranglar va ularni kompozitsiyasini aniqlashga biz sinab ko'rish uchun namunalarni taklif etamiz. Bo'yoq ranglarini bir-biri bilan aralshtirish mumkin. Yo'rqin rang berish yoki dog'larni kamaytirish uchun shaffof rang aralashtirilishi mumkin. Aynan bir xil rangdagi rasm hosil bo'lishi uchun pigment to'yintirilishi kerak. Shunga ko'ra iloji boricha suyultirishda uch qismi rangsiz va bir qismi rangli bo'lishi lozim.
- Katta maydonni qoplash uchun birdan ko'p idish kerak bo'lsa, ishni boshlashdan oldin barcha massani bir idishda tayyorlang.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
Grundning shimib olish hususiyatiga qarab mikro tolali LOBA moylash valiki 60-80 / taxm. 20-40g/m2 (25-50m2/kg) ishlatiladi.
LOBA maxsus och sariq doirasimon silliqlash tagligi bilan silliqlanadi.
Qurish vaqti
- Ertasi bilan 12 soatdan keyin ustidan loklash mumkin.
- O'z vaqtida qurimagan paytlarda to'liq quriguncha kuting.
Oraliq silliqlash
Gruntovka oraliq silliqlanmasin.
Rolik bilan bo'yash bo'yicha maslahat:
- Mikro tolali LOBA moy valiki bilan 60/80 gruntovka yupqa surtiladi.
- Taxm. 30--60 minutlar ta’sir qilish vaqtidan keyin bir diskli pol yuvish mashinasi va LOBASAND SpecialPad sarg’ish bilan puxta tekislang, qoldiqlarni butunlay olib tashlang.
- Quritish kamida 12 soat.
- LOBA suv lakini surting (texnik ma’lumotlarga ko’ra).
- LOBASAND mayin silliqlash matosi va ostiga o’rnatilgan silliqlash chiziqlari P240 bilan oraliq silliqlang.
- LOBA suv lakini surting (texnik ma’lumotlarga ko’ra).
Bir-biriga mos mahsulotlar kombinatsiyasi
Ustidan surtiladigan lok:
- 2K InvisibleProtect
- 2K Supra A.T.
- 2K Duo.
- 2K Fusion.
- EasyFinish.
Maxsus effektlar uchun qo‘shimcha oldindan ishlov berish
Muhim ko'rsatmalar
Agar moy yoki lok "to'yintirib" surtilmasa, yuza rangida nomutanosiblik hosil bo'lishi mumkin.Tekislash paytida yuzada hech qanday ortiqcha narsa qolmasligi kerak. Ayrim ekzotik yog'ochlar qisqa vaqt ichida qurimasligi mumkin.Namlangan lattalar, yostiqchalar va boshqa ish materiallarini yopiq idishlarda saqlang, silliqlash changini moyli latta bilan birga suvga namlab, yopiq idishda saqlang va yongʻindan himoyalangan tarzda chiqitga chiqaring, aks holda oʻt olishi mumkin. Ishlov berish va quritish vaqtida ish sohalarini shamollating.