LOBA GmbH & Co Maxfiylik siyosati KG
Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha umumiy reglamenti (bundan keyin GDPR) amal qiladi. Quyida kompaniyamiz ushbu qoidalarga muvofiq shaxsiy maʼlumotlarni qanday qayta ishlashi haqida maʼlumot berilgan (GDPR 13 va 14-moddalari bilan solishtiring). Maxfiylik siyosati yuzasidan savol yoki fikr-mulohazalaringiz boʻlsa, ularni istalgan vaqtda ushbu Qoidalarning 1.2 yoki 1.3-bandida koʻrsatilgan e-mail manziliga yuborishingiz mumkin.
Mundarija:
1. Umumiy axborot
1.1 Amal qilish doirasi
1.2 Masʼul shaxs
1.3 Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha vakil
2. Maʼlumotlarni qayta ishlash tafsilotlari
2.1 Maʼlumotlarni qayta ishlash haqida umumiy axborot
2.2 Veb-saytga murojaat
2.3 Xizmatlarimiz va ulardan foydalanishni tahlil qilish hamda takomillashtirish maqsadida kuzatib borish
2.4 Lavozimga daʼvogarlik
2.5 Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash
2.6 Aloqalarni oʻrnatish
2.7 Tanlovlar
2.8 Loyiha namunalari
2.9 Onlayn-soʻrovlar
2.10. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
3. Maʼlumotlar subyektlarining huquqlari
3.1 Eʼtiroz bildirish huquqi
3.2 Axborot olish huquqi
3.3 Tuzatishlar kiritish huquqi
3.4 Maʼlumotlarni oʻchirish huquqi (”Unutish huquqi”)
3.5 Qayta ishlashni cheklash huquqi
3.6 Maʼlumotlarni koʻchirish huquqi
3.7 Rozilikni qaytarib olish huquqi
3.8 Shikoyat qilish huquqi
1. Umumiy axborot
Maxfiylik siyosatining ushbu boʻlimida amal qilish sohasi, maʼlumotlarni qayta ishlash uchun masʼul shaxs va uning maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha vakili haqidagi axborot mavjud.
1.1 Amal qilish doirasi
Bu sahifada kompaniyamiz tomonidan olinadigan va ushbu veb-saytga tashrif buyurganingizda hamda bizning javobgarligimiz ostida amalga oshiriladigan va bu veb-saytga aloqador boʻlmagan boshqa maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlarida qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlarning turi, hajmi va maqsadlari haqida axborot berilgan.
1.2 Masʼul shaxs
Maʼlumotlarni qayta ishlash operatsiyalari doirasida maʼlumotlarga ishlov berish uchun masʼul shaxs (yaʼni shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullari haqisida qaror qabul qiluvchi shaxs):
LOBA GmbH & Co. KG
Leonbergerstr. 56–62
D-71254 Ditsinger
Telefoh +49 (0) 7156-357 0
Faks +49 (0) 7156-357 211
service@loba.de
Boshqaruvchi direktor / Boshqaruvchi hamkor: Alfred Melka, Mario Probst
Yuridik manzili / Sud: Shtutgart registratsiya sudi HRB 801223
ID № QQS: DE146020279
1.3 Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha vakil
Axborot muhofazasi boʻyicha vakilimizga murojaat qilish uchun quyidagi maʼlumotlardan foydalaning:
Aloqa uchun shakl:
https://www.dsextern.de/anfragen
DS EXTERN GmbH
Dipl.-Kfm. Marc Althaus
Frapanweg 22
D-22589 Gamburg
2. Maʼlumotlarni qayta ishlash tafsilotlari
Maxfiylik siyosatining ushbu boʻlimida shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash tafsilotlari keltirilgan. Bu maʼlumotlar aniq funksional imkoniyatlarga muvofiq ravishda taqsimlangani tufayli yanada koʻrgazmaliroq boʻladi.
2.1 Maʼlumotlarni qayta ishlash haqida umumiy axborot
Boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, quyida keltirilgan barcha maʼlumotlarni qayta ishlash usullariga quyidagi shartlar tatbiq etiladi:
2.1.1 Taqdim etish majburiyatining yoʻqligi
Shaxsga doir maʼlumotlarni taqdim etish na shartnomaviy, na qonuniy majburiyat hisoblanadi. Maʼlumotlarni taqdim etishga majbur emassiz.
2.1.2 Taqdim etmaslik oqibatlari
Majburiy maʼlumotlar (kiritilishi majburiy deb koʻrsatilgan maʼlumotlar) boʻlgan taqdirda, ularni taqdim etmaslik tegishli xizmatni koʻrsatish mumkin emasligini anglatadi. Aks holda, maʼlum sharoitlarda maʼlumotlarning taqdim etilmasligi natijasida bizning xizmatlarimiz ushbu maʼlumotlar mavjud boʻlgandagi koʻrinishi va sifatida koʻrsatilishi imkonsiz boʻlishi mumkin.
2.1.3 Davlat organlariga topshirish
Biz shaxsiy maʼlumotlarni davlat organlariga (shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlariga) faqat quyidagi hollardagina taqdim etamiz: qonun bilan belgilangan va biz bajarishimiz shart boʻlgan talabni bajarish uchun zarur boʻlganda (huquqiy asos: DPR 6-modda, 1-band, c-kichik band) yoki qonuniy talablarni qoʻyish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun zarur boʻlganda (huquqiy asos: GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik band).
2.1.4 Saqlash davomiyligi
Biz sizning maʼlumotlaringizni tegishli qayta ishlash maqsadlari uchun zarur boʻlgan muddatdan ortiq saqlamaymiz. Bu maʼlumotlar ortiq talab qilinmasa, ular muntazam ravishda oʻchirib turiladi, faqat ularni vaqtincha saqlash zarur boʻlgan holatlar bundan mustasno. Buning sabablariga misollar:
- tijorat va soliq qonunchiligiga muvofiq maʼlumotlarni saqlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish;
- qonunda belgilangan daʼvo muddatlari doirasida sud nizolari uchun dalillar olish.
2.1.5 Oluvchilar toifalari
Quyida aniq koʻrsatilgan oluvchilar toifalaridan tashqari, shaxsiy maʼlumotlar quyidagi oluvchilar toifalariga ham yuboriladi: yetkazib berish xizmatlari taʼminlovchilariga, telefon va faksimil aloqa operatorlariga.
2.1.6 Maʼlumotlar toifalari
- Asosiy shaxsiy maʼlumotlar: ilmiy daraja, unvon, murojaat, jins, ism, familiya, tugʻilgan sana
- Manzil maʼlumotlari: koʻcha, uy raqami, manzilga qoʻshimchalar (agar kerak boʻlsa), pochta indeksi, aholi punkti, mamlakat
- Aloqa maʼlumotlari: telefon va faks raqami (raqamlari), elektron pochta manzili (manzillari)
- Kirish maʼlumotlari: bizning veb-saytimizga kirgan sana va vaqt; murojaat qiluvchi tizim bizning sahifamizga oʻtgan veb-sayt; foydalanish paytida ochilgan sahifalar; seansni aniqlash uchun maʼlumotlar (seans identifikatori); bundan tashqari, murojaat qiluvchi kompyuter tizimi haqidagi quyidagi maʼlumotlar: ishlatilgan Internet protokoli manzili (IP-manzil), brauzer turi va versiyasi, qurilma turi, operatsion tizim va shunga oʻxshash texnik maʼlumotlar.
- Lavozimga daʼvogarlik uchun maʼlumotlar: rezyume, taʼlim haqidagi hujjatlar, guvohnomalar, ish namunalari, sertifikatlar, fotosuratlar
- Shaxsiy korporativ maʼlumotlar: rasmiy nomi, masalan, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki bitta taʼsischisi boʻlgan MCHJlar uchun, agar kompaniyaning nomi uning orqasida turgan jismoniy shaxsning ismi va familiyasiga mos kelsa.
- Soʻrovnoma maʼlumotlari: shaxsiy fikrlar, afzalliklar, baholovchi fikrlar
2.2 Veb-saytga murojaat
Bu boʻlimda veb-saytimizga kirganingizda shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida maʼlumot berilgan.
Maʼlumotlar toifasi: kirish maʼlumotlari
Maqsadli yoʻnalish: Aloqani oʻrnatish, veb-sayt mazmunini koʻrsatish, gʻayrioddiy harakatlar asosida veb-saytimizga qilingan hujumlarni aniqlash, xatolarni tahlil qilish
Huquqiy asos: qonuniy manfaatlarni himoya qilish (GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik bandi)
Ehtimoliy qonuniy manfaat: Veb-saytning bexato ishlashi, maʼlumotlar va biznes jarayonlarining xavfsizligi, noqonuniy foydalanishning oldini olish, axborot tizimlariga aralashish oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish
Saqlash muddati: 7 kun
Oluvchilar:
a. axborot xavfsizligi xizmatlari taʼminlovchilari, xosting xizmatlari taʼminlovchilari, rozilikni tasdiqlash vositalarini yetkazib beruvchilar;
b. YouTube, Google Maps va Google Fonts ichki kontent taʼminotchilari.
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish:
a. Yoʻq
b. Ha
Oluvchi uchinchi mamlakatda: Google LLC (AQSH)
44-modda va keyingi moddalar boʻyicha kafolat GDPR: standart shartnoma qoidalari
2.3 Xizmatlarimiz va ulardan foydalanishni tahlil qilish hamda takomillashtirish maqsadida kuzatib borish
Quyida shaxsiy maʼlumotlaringizning kuzatuv texnologiyalari yordamida qanday qayta ishlanishi haqida maʼlumot berilgan. Bu xizmatlarimizni tahlil qilish va takomillashtirish, shuningdek, reklama maqsadlarida amalga oshiriladi.
Kuzatish usullarining tavsifi, shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlashni qanday taqiqlashingiz yoki bunday qayta ishlashga qanday eʼtiroz bildirishingiz mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham oʻz ichiga oladi. Shuni yodda tutingki, opt-out deb ataladigan funksiya, yaʼni qayta ishlashdan voz kechish odatda cookie-fayllar yordamida saqlanadi. Agar xizmatlarimizdan yangi terminal qurilma yoki boshqa brauzer orqali foydalanayotgan boʻlsangiz yoxud brauzeringiz oʻrnatgan cookie-fayllarni oʻchirib tashlagan boʻlsangiz, rad etish qaroringizni qayta bildirishingiz lozim boʻladi.
Qayta ishlash maqsadlari
Kuzatuv yordamida foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish xizmatlarimiz samaradorligini tekshirish, ularni optimallashtirish va foydalanuvchilar ehtiyojlariga moslashtirish hamda xatolarni tuzatishga yordam beradi.
Reklama kampaniyalarining muvaffaqiyatini baholash uchun kuzatish kelajakda reklamalarimizni optimallashtirish imkonini beradi.
Maʼlumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari
GDPR 6-moddasi 1-qismi a-bandi boʻyicha rozilik
Foydalanilgan kuzatish usuli haqida axborot olish uchun rozilikni tasdiqlash vositasiga qarang.
2.4 Lavozimga daʼvogarlik
Boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish jarayonida biz shaxsiy maʼlumotlaringizni quyidagicha qayta ishlaymiz:
Maʼlumotlar toifasi:
a. asosiy shaxsiy maʼlumotlar;
b. manzil maʼlumotlari, aloqa maʼlumotlari;
c. lavozimga tayinlash boʻyicha maʼlumotlar.
Maqsadli yoʻnalish:
a. shaxsni identifikatsiya qilish, aloqa oʻrnatish, yoshini tekshirish;
b. shaxsni identifikatsiya qilish, aloqa oʻrnatish, shartnoma tayyorlash uchun hamkorlik qilish;
c. boʻsh ish oʻringa nomzodlarni tanlash.
Huquqiy asos:
a. a., b. va c. GDPR 88-moddasi bilan birlashtirilgan Maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi federal qonunning (yangi tahriri) 26-§
Ehtimoliy qonuniy manfaat: -
Saqlash muddati: Boʻsh lavozimni yopish jarayoni tugaganidan keyin 6 oy oʻtgach
Oluvchilar: kompaniyamizning boshqa boʻlimlari (zarur hollarda), xosting xizmatlari taʼminotchilari (nomzodlarni boshqarish uchun dasturiy taʼminot)
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.5 Texnik yordam xizmati
Quyida texnik yordam xizmatiga murojaat qilganingizda shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz tavsiflangan.
Maʼlumotlar toifasi:
a. asosiy shaxsiy maʼlumotlar, aloqa maʼlumotlari;
b. soʻrovlar mazmuni
Maqsadli yoʻnalish:
a. +b.Soʻrovlarni qayta ishlash
Huquqiy asos:
a. shartnoma (GDPR 6-modda, 1-band, b-kichik bandi);
b. qonuniy manfaatlarni himoya qilish (GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik bandi)
Ehtimoliy qonuniy manfaat:
a. –
b. mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash, xizmatimizni yaxshilash.
Saqlash muddati: soʻrovni qayta ishlash muddatiga
Oluvchilar: Kompaniyamizning boshqa boʻlimlari (zarurat boʻlganda), elektron pochta xostingi xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.6 Aloqalarni oʻrnatish
Agar bizga telefon, yozma yoki e-mail orqali murojaat qilsangiz, shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz quyida keltirilgan.
Maʼlumotlar toifasi: asosiy shaxsiy maʼlumotlar, aloqa maʼlumotlari, soʻrovlar mazmuni
Maqsadli yoʻnalish: Soʻrovlarni qayta ishlash
Huquqiy asos: qonuniy manfaatlarni himoya qilish (GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik bandi)
Ehtimoliy qonuniy manfaat: oʻzaro hamkorlik, soʻrovlarni qayta ishlash
Saqlash muddati: soʻrovni qayta ishlash muddatiga
Oluvchilar: Kompaniyamizning boshqa boʻlimlari (zarurat boʻlganda), elektron pochta xostingi xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.7 Tanlovlar
Vaqti-vaqti bilan yutuqli oʻyinlar oʻtkazib turamiz. Tanlovlarimizda qatnashsangiz, shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz quyida tavsiflangan. Bunda ishtirok etishning tegishli shartlari amal qiladi.
Maʼlumotlar toifasi: asosiy shaxsiy maʼlumotlar, manzil maʼlumotlari
Maqsadli yoʻnalish: tanlov oʻtkazish, gʻolib ishtirokchilarni xabardor qilish, sovrinlarni yuborish
Huquqiy asos: shartnoma (GDPR 6-moddasining 1-bandi 1b)
Ehtimoliy qonuniy manfaat: -
Saqlash davomiyligi: tanlov yakunlangandan keyin 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda
Oluvchilar: shaxsiy maʼlumotlar faqat kompaniya doirasida uzatiladi
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.8 Loyiha namunalari
Veb-saytimizda namoyish qilish uchun loyiha namunalari sifatida suratlar va videolarni taqdim etishingiz mumkin. Bunday holatlarda shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz quyida tavsiflangan. Eslatma. Odamlar ishtirok etgan rasmlar va videolar eʼlon qilinishi mumkin emas.
Maʼlumotlar toifasi:
a. asosiy shaxsiy maʼlumotlar, manzil maʼlumotlari
b. Shaxsiy korporativ maʼlumotlar
Maqsadli yoʻnalish:
a. rozilik berilganligi faktini tasdiqlash uchun veb-shakl orqali rozilik bergan shaxslarni identifikatsiyalash;
b. loyiha muallifi maʼlumotlarini eʼlon qilish.
Huquqiy asos:
a. shartnoma (GDPR 6-moddasining 1-bandi 1f);
b. rozilik (GDPR 6-moddasining 1-band, a-kichik bandi).
Ehtimoliy qonuniy manfaat:
a. qarang: maqsadli yoʻnalish;
b. -
Saqlash davomiyligi:
a. hisobot boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun cheklanmagan;
b. rozilik bekor qilinmaguncha.
Oluvchilar: xosting xizmati provayderlari, reklama agentligi
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.9 Onlayn-soʻrovlar
Vaqti-vaqti bilan onlayn-soʻrovlar oʻtkazib turamiz. Odatda, bu jarayonda maʼlumotlar taxallusli amaliyotdan oʻtkaziladi, yaʼni soʻrovnoma maʼlumotlarini muayyan shaxsning kimligini aniqlash uchun bevosita ishlatish imkonsiz boʻladi. Biroq tanlov munosabati bilan (yuqoridagi 2.7-bandga qarang) maʼlumotlarning muayyan shaxs bilan aloqasini oʻrnatish mumkin. Mazkur holatda, onlayn soʻrovnoma doirasida u yerda tavsiflangan shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etish yutuqli oʻyinda ishtirok etish uchun muqobil majburiyat hisoblanadi.
Maʼlumotlar toifasi: kirish maʼlumotlari, soʻrov maʼlumotlari
Maqsadli yoʻnalish: kompaniya uchun mijozlar haqida foydali maʼlumotlarni toʻplash maqsadida onlayn-soʻrov oʻtkazish
Huquqiy asos:
a. taxallusli soʻrovlar oʻtkazilgan taqdirda (ishtirokchilarni bevosita identifikatsiya qilmasdan): qonuniy manfaatlarni taʼminlash (GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik bandi);
b. tanlov va ishtirokchilarni bevosita identifikatsiya qilish bilan birgalikda): shartnoma (GDPR 6-modda, 1-band, b-kichik bandi);
Ehtimoliy qonuniy manfaat:
a. taxalluslar orqali ishtirokchilarning shaxsini himoya qilgan holda mijozlar haqida kompaniya uchun foydali maʼlumotlarni toʻplash uchun onlayn soʻrovlar oʻtkazish;
b. -
Saqlash muddati: javoblar baholanib, soʻrovnoma natijalari umumlashtirilgandan keyin maʼlumotlar oʻchiriladi
Oluvchilar: soʻrovnomalar oʻtkazish uchun ilova xosting xizmatlari taʼminlovchilari
Tegishli maʼlumotlar: yuqorida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
2.10. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
2.10.1 Facebook
https://www.facebook.com/www.loba.de URL-manzilida bizning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz joylashgan boʻlib, uning operatori Meta Platforms Ireland Limited kompaniyasidir (Merrion Road, Dublin 4, D04 X2K5 Ireland manzilida joylashgan, bundan keyin Meta deb yuritiladi). Facebook maxfiylik siyosati bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://www.facebook.com/about/privacy
Facebook sahifamizga murojaat qilish va undagi har qanday harakatlar, Facebook hisobingiz mavjud yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga olib keladi. Facebook sahifamizga tashrif buyurganingizda Facebook hisobingizga kirgan boʻlsangiz, Meta va (yoki) uning filiallari Facebook sahifamizga tashrifingiz haqidagi maʼlumotlarni hisobingizdagi maʼlumotlar bilan solishtirishi va masalan, olingan maʼlumotlardan profillashtirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. Maʼlumotlaringiz bunday profillash uchun ishlatilishini istamasangiz, Facebook sahifamizga tashrif buyurishdan oldin Facebook hisobingizdan chiqing.
Meta bizga Facebook Insights funksiyasi yordamida Facebook sahifamizdan foydalanish statistikasini taqdim etadi. Bu maʼlumotlarga jins, yosh oraligʻi, joylashuv, sahifalarga tashriflar, oʻzaro aloqalar va pulli amallar, qamrov, qamrab olingan hisoblar, tomoshalar va kunlik tomoshalar soni kabi maʼlumotlar kiradi. Muhim: biz bu maʼlumotlarni Facebook sahifamizga tashrif buyuruvchi muayyan shaxslar bilan bogʻlay olmaymiz. Facebook Insights funksiyasi orqali olingan maʼlumotlardan foydalanishimiz uchun GDPR 6-moddasining 1-qismi f-bandi qonuniy asos boʻlib, unga koʻra qonuniy manfaatlarimiz shundan iboratki, Facebook sahifamizning jozibadorligini oshirish va unga tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli kontent joylashtirishdir.
Meta kompaniyasi bilan birgalikda Facebook sahifamizdagi maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun javobgar boʻlganimiz sababli, Meta bilan shartnoma tuzdik, u bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://www.facebook.com/legal/terms/page_controller_addendum. Axborot subyekti boʻlganingiz sababli, amaldagi Maxfiylik siyosatining 3-bandida keltirilgan huquqlarga egasiz. Ulardan bizga nisbatan (1.3-bandga qarang) yoki bevosita Meta kompaniyasiga nisbatan https://www.facebook.com/help/contact/540977946302970manzili orqali foydalanishingiz mumkin. Bizga murojaat qilish orqali huquqlaringizdan foydalanishga qaror qilsangiz, biz Meta bilan kelishuvga muvofiq soʻrovlaringizni Meta kompaniyasiga yuboramiz.
2.10.2 Instagram
https://www.instagram.com/loba_on_top/ URL-manzilida Meta Platforms Ireland Limited, Merrion Road, Dublin 4, D04 X2K5 Ireland (bundan keyin Meta) operatori boʻlgan Instagram.com platformasidagi sahifamiz joylashgan. Instagram maxfiylik siyosati bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://help.instagram.com/519522125107875/
Instagram yoki Facebook hisobingiz mavjud yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, Instagram sahifamizga kirish va undagi har qanday harakat shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga olib keladi. Instagram sahifamizga tashrif buyurganingizda Facebook hisobingizga kirgan boʻlsangiz, Instagram operatori boʻlgan Meta va (yoki) uning filiallari Instagram sahifamizga tashrifingiz haqidagi maʼlumotlarni hisobingizdagi maʼlumotlar bilan taqqoslashi va, masalan, olingan maʼlumotlardan profillashtirish maqsadlarida foydalanishi mumkin. Maʼlumotlaringiz bunday profillash uchun ishlatilishini istamasangiz, Instagram sahifamizga tashrif buyurishdan oldin hisobingizdan chiqing.
Meta bizga Instagram Insights funksiyasi yordamida Instagram sahifamizdan foydalanish statistikasini taqdim etadi. Bu maʼlumotlarga jins, yosh oraligʻi, joylashuv, sahifalarga tashriflar, oʻzaro aloqalar va pulli amallar, qamrov, qamrab olingan hisoblar, tomoshalar va kunlik tomoshalar soni kabi maʼlumotlar kiradi. Muhim: biz bu maʼlumotlarni Instagram sahifamizga tashrif buyuruvchi muayyan shaxslar bilan bogʻlay olmaymiz. Instagram Insights funksiyasi orqali olingan maʼlumotlardan foydalanishimiz uchun GDPR 6-moddasining 1-qismi f-bandi qonuniy asos boʻlib, unga koʻra qonuniy manfaatlarimiz shundan iboratki, Instagram sahifamizning jozibadorligini oshirish va unga tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli kontent joylashtirishdir.
Meta kompaniyasi bilan birgalikda Instagram sahifamizdagi maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun javobgar boʻlganimiz sababli, Meta bilan shartnoma tuzdik, u bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://www.facebook.com/legal/terms/page_controller_addendum.
Axborot subyekti boʻlganingiz sababli, amaldagi Maxfiylik siyosatining 3-bandida keltirilgan huquqlarga egasiz. Ulardan bizga nisbatan (1.3-bandga qarang) yoki bevosita Meta kompaniyasiga nisbatan https://help.instagram.com/contact/186020218683230manzili orqali foydalanishingiz mumkin. Bizga murojaat qilish orqali huquqlaringizdan foydalanishga qaror qilsangiz, biz Meta bilan kelishuvga muvofiq soʻrovlaringizni Meta kompaniyasiga yuboramiz.
2.3.3 XING
https://www.xing.com/pages/lobagmbh-co-kg/ URL-manzilida XING ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz joylashgan. XING operatori New Work SE, Am Strandkai 1, 20547 Hamburg kompaniyasi hisoblanadi. Sahifamizga kirganingizda XING tomonidan qanday shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishi va ular qanday maqsadlarda qayta ishlanishi haqidagi axborot bilan https://privacy.xing.com/de/datenschutzerklaerungmanzilida tanishishingiz mumkin. Kompaniyamiz XING profilimizga tashrif buyurganingizda hech qanday shaxsiy maʼlumotlaringizni olmaydi.
2.3.4 Linkedin
LinkedIn ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz https://www.linkedin.com/company/loba-on-top/ URL-manzilida joylashgan. LinkedIn operatori – LinkedIn Ireland Unlimited Company, Wilton Place, Dublin 2, Ireland. Sahifamizga kirganingizda LinkedIn qanday shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashi va ular qanday maqsadlarda qayta ishlanishi haqidagi maʼlumotlar bilan https://www.linkedin.com/legal/privacy-policymanzilida tanishishingiz mumkin.
LinkedIn sahifamizga kirish va undagi har qanday harakat LinkedIn hisobingiz bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga olib keladi. LinkedIn sahifamizga tashrif buyurganingizda LinkedIn hisobingizga kirgan boʻlsangiz, aloqa operatori boʻlgan LinkedIn kompaniyasi LinkedIn sahifamizga tashrifingiz haqidagi maʼlumotlarni hisobingizdagi maʼlumotlar bilan solishtirishi va masalan, olingan maʼlumotlardan profillash maqsadida foydalanishi mumkin. Maʼlumotlaringiz bunday profillash uchun ishlatilishini istamasangiz, LinkedIn sahifamizga tashrif buyurishdan oldin hisobingizdan chiqing.
LinkedIn bizga LinkedIn sahifamizdan foydalanish statistikasini Page Insights funksiyasi yordamida taqdim etadi. Bu maʼlumotlarga jins, yosh oraligʻi, joylashuv, sahifalarga tashriflar, oʻzaro aloqalar va pulli amallar, qamrov, qamrab olingan hisoblar, tomoshalar va kunlik tomoshalar soni kabi maʼlumotlar kiradi. Muhim: biz bu maʼlumotlarni LinkedIn sahifamizga tashrif buyuruvchi muayyan shaxslar bilan bogʻlay olmaymiz. Page Insights funksiyasi yordamida olingan maʼlumotlardan foydalanishimiz uchun qonuniy asos GDPR 6-moddasi 1-qismi f-bandi boʻlib, unga koʻra LinkedIn sahifamizning jozibadorligini oshirish va unga tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli kontent joylashtirish bizning qonuniy manfaatlarimizdir.
LinkedIn kompaniyasi bilan birgalikda LinkedIn sahifamizdagi maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun javobgar boʻlganimiz sababli, LinkedIn bilan shartnoma tuzdik, u bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
https://legal.linkedin.com/pages-joint-controller-addendum
Axborot subyekti boʻlganingiz sababli, amaldagi Maxfiylik siyosatining 3-bandida keltirilgan huquqlarga egasiz. Ulardan bizga nisbatan oʻzingiz xohlagan tarzda foydalanishingiz mumkin (1.3-bandga qarang). Bizga murojaat qilish orqali huquqlaringizdan foydalanishga qaror qilsangiz, LinkedIn bilan shartnomamizga muvofiq soʻrovlaringizni LinkedIn kompaniyasiga yuboramiz.
2.10.5 YouTube sahifasi
https://www.youtube.com/@LOBAOnTop1922 URL manzilida YouTube ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz joylashgan. YouTube operatori Gordon House, Barrow Street, Dublin 4, D04E5W5, Irland manzilida joylashgan Google Ireland Limited kompaniyasidir. Sahifamizga kirganingizda YouTube tomonidan qanday shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishi va ular qanday maqsadlarda qayta ishlanishi haqidagi axborot bilan https://policies.google.com/privacy?hl=demanzilida tanishishingiz mumkin.
Google YouTube Analytics funksiyasi yordamida YouTube sahifamizdan foydalanish statistikasini taqdim etadi. Bu maʼlumotlarga qamrov (masalan, unikal tomoshalar va jami tomoshalar soni, sahifalarga oʻtishlar, sichqoncha tugmasini bosishlar va kursorni surishlar soni, YouTubedagi kontentimizdagi YouTubedan tashqaridagi manbalardan olingan sichqoncha tugmasini bosishlar manbasi (masalan, internetdagi qidiruvlar, YouTube ijro roʻyxati)), kontentimiz bilan oʻzaro aloqa (masalan, kontentimizga tashriflar soni, alohida kontent elementlarini koʻrish vaqti va oʻrtacha koʻrish vaqti, eng koʻp koʻrilgan va eng jozibali kontent, kontentimizdagi eng mashhur fikrlar, koʻrish vaqti) va asosiy tashrif buyuruvchilar statistikasi (masalan, qamrab olingan hisoblar, jins, yosh, joylashuv, push-bildirishnomalardan foydalanish va ular bilan oʻzaro aloqa (YouTube qoʻngʻiroq belgisi), koʻrilgan yoki kuzatilgan boshqa kanallar va videolar) kiradi.
Muhim: biz bu maʼlumotlarni YouTube sahifamizga tashrif buyuruvchi muayyan shaxslar bilan bogʻlay olmaymiz. YouTube Analytics funksiyasi yordamida olingan maʼlumotlardan foydalanishimiz uchun GDPRning 6-moddasi 1-qismi f-bandi qonuniy asos hisoblanadi. Unga koʻra, qonuniy manfaatlarimiz YouTube sahifamiz jozibadorligini oshirish, tashrif buyuruvchilar uchun qiziqarli kontentni joylashtirish hamda maqsadli guruhlarning afzalliklarini hisobga olgan holda YouTube kontentimizni reklama qilishdir.
YouTube Analytics yordamida biz foydalanadigan tahlil imkoniyatlari haqida batafsil axborotni ushbu xizmat provayderidan olishingiz mumkin: https://support.google.com/youtube/answer/9002587?hl=en#zippy=%2Creach%20%2Coverview%2Cengagement%2Caudience%2Crevenue.
YouTube hisobingiz bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, YouTube sahifamizga kirish va undagi har qanday harakat shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga olib keladi. YouTube sahifamizga tashrif buyurganingizda YouTube hisobingizga kirgan boʻlsangiz, operator Google kompaniyasi YouTube sahifamizga tashrifingiz haqidagi axborotni hisobingizdagi maʼlumotlar bilan solishtirishi va masalan, olingan maʼlumotlardan profillash maqsadlarida foydalanishi mumkin. Maʼlumotlaringiz bunday profillash uchun ishlatilishini istamasangiz, YouTube sahifamizga tashrif buyurishdan oldin hisobingizdan chiqing.
2.10 Yangiliklar tarqatmasi
Bu boʻlimda yangiliklar tarqatma xabarini email orqali yuborsak, shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida maʼlumot berilgan. Istalgan vaqtda service@loba.demanziliga xabar yuborish orqali tarqatma xabarlarga obunani bekor qilishingiz mumkin.
Maʼlumotlar toifasi:
a. aloqa maʼlumotlari (e-mail manzili);
b. asosiy shaxsiy maʼlumotlar.
Maqsadli yoʻnalish:
a. yangiliklar tarqatmasini yuborish;
b. yangiliklar tarqatmasini personallashtirish.
Huquqiy asos:
a. +b. qonuniy manfaatlarni himoya qilish (GDPR 6-modda, 1-band, f-kichik bandi)
Qonuniy manfaat:
Noxolis raqobatga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qonunning 7-§ 3-bandidagi talablar asosida, mijozlarimizni assortimentimizdagi mahsulotlar va yangiliklar haqida xabardor qilishimiz.
Saqlash muddati: tarqatma xabarlarga obunani bekor qilmaguncha.
Oluvchilar: kompaniyamizning boshqa boʻlimlari (zarurat tugʻilganda), elektron pochta uchun xosting xizmati koʻrsatuvchi provayderlar
Tegishli maʼlumotlar: yuqoridagi barcha maʼlumotlar
Uchinchi mamlakatlarga oʻtkazish: Yoʻq
3. Maʼlumotlar subyektlarining huquqlari
3.1 Eʼtiroz bildirish huquqi
Shaxsiy maʼlumotlaringizning GDPR 6-moddasi 1-qismining e yoki f bandiga muvofiq qayta ishlanishiga istalgan payt, muayyan vaziyatdan kelib chiqib eʼtiroz bildirish va bunday qayta ishlashni kelgusida toʻxtatish huquqiga egasiz.
Ushbu eʼtiroz bildirish huquqidan bepul foydalanishingiz mumkin.
3.2 Axborot olish huquqi
Siz bilan bogʻliq shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanadimi yoki yoʻqmi, agar shunday boʻlsa, qanday shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanishini bilish, shuningdek, GDPRning 15-moddasiga muvofiq qoʻshimcha axborot olish huquqiga egasiz.
3.3 Tuzatishlar kiritish huquqi
Sizga tegishli xato shaxsiy maʼlumotlarni darhol tuzatishni talab qilish huquqiga egasiz (GDPR 16-modda). Bunday qayta ishlash maqsadlarini hisobga olgan holda, toʻliq boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni, jumladan, qoʻshimcha ariza yuborish orqali toʻldirishni talab qilish huquqiga egasiz.
3.4 Maʼlumotlarni oʻchirish huquqi (”Unutish huquqi”)
GDPRning 17-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan asoslardan biri qoʻllanilsa va qayta ishlash GDPRning 17-moddasi 3-bandida koʻrsatilgan maqsadlardan biri uchun zarur boʻlmasa, bizdan sizga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni darhol oʻchirib tashlashni talab qilish huquqiga egasiz.
3.5 Qayta ishlashni cheklash huquqi
GDPRning 18-moddasi 1-qismi a-d bandida keltirilgan zaruriy shartlardan biri qoʻllanilsa, shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishini cheklashni talab qilish huquqiga egasiz.
3.6 Maʼlumotlarni koʻchirish huquqi
Oʻzingiz haqingizdagi va bizga taqdim qilgan shaxsiy maʼlumotlaringizni tizimli, odatiy va kompyuter formatida olish huquqiga egasiz. Shuningdek, bizdan bu maʼlumotlarni boshqa masʼul shaxsga toʻsiqsiz uzatishni soʻrash yoki texnik jihatdan mumkin boʻlsa, ularni bevosita uzatishimizni talab qilish huquqiga egasiz. Maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik yoki shartnoma asos boʻlsa va maʼlumotlar avtomatik ravishda qayta ishlansa, bu qoida har doim qoʻllaniladi. Shunday qilib, bu qoida faqat qogʻoz shaklida saqlanadigan maʼlumotlarga taalluqli emas.
3.7 Rozilikni qaytarib olish huquqi
Qayta ishlash roziligingiz asosida amalga oshirilsa, istalgan vaqtda bu rozilikni bekor qilish huquqiga egasiz. Bu qoida uni chaqirib olishdan oldin bunday rozilik asosida amalga oshirilgan ishlov berishning qonuniyligiga taʼsir qilmaydi.
3.8 Shikoyat qilish huquqi
Nazorat organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz.
16.01.2024 Holatiga koʻra