- Qatlamlar hosil bo’lishini oldini olish: LOBA zichlagich chelagidan foydalaning. Material yerga qo’yilmasligi kerak, darhol rulo bilan surting.
- Eng kamida ikkita qatlamni qo'llash afzaldir.
- LOBA suvga asoslangan laklarini Amberizer bilan iloji boricha bir tekisda surting, ko'lmaklar hosil bo’lishini va bir-birining ustiga chiqib ketishining oldini oling. Bir tekis surtilish miqdoriga ahamiyat bering. Qirra sohalarini LOBA qirra rulosi bilan surting. Bu asosan ishlov berilmagan yog’ochda ishlash uchun mos.
- Rang ta’siri yog’och turiga bog’liq. Erishilgan rang ohangini va umumiy vizual effektni baholash uchun o'zingizning sinovingiz uchun va agar kerak bo'lsa, bino egasi bilan kelishilgan holda asl yog'ochda rangli ohang namunasini yaratishingizni tavsiya qilamiz.
- Suvda eriydigan yog'och tarkibiy qismlari (masalan, tanin kislotasi) bo'lgan yog'och turlari, ularning intensivligi bir yuza bo’ylab o'zgarishi mumkin, qo'shimchaning effektiga ta'sir qilishi mumkin.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
Aralashtirish:
- Faqat foydalanishdan oldin bevosita qo’shing..
- 5L/Kg lak uchun eng yuqori hajmda 1x100ml bog’lama qo’shing.
- Yaxshilab chayqang shuningdek aralashtiring (mexanik tarzda LOBA bo’yoq aralashtirgich bilan mumkin).
- Ikki komponentli tizimlarda qotiruvchi kiritilgandan so’ng massaga qo’shimchani aralashtirish mumkin.
- LOBA Amberizer bilan aralashtirilgan 1K lak 24 soat ichida ishlov berilishi kerak, 2K lak esa belgilangan ishlov berish vaqtida qayta ishlanishi kerak. Uzoqrq barqarorlik kafolatlanmagan.
Yaroqlilik:
Barcha LOBA laklar va gruntlash bilan qo’shib ishlatish mumkin. Lakning texnologik ishlash xususiyatlari, ularning mahsulotlar bilan muvofiqligi va quritish vaqti o'zgarishsiz qoladi. Tegishli lakning texnik ma’lumotlariga ahamiyat bering.