- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Yumshab turgan dog’ va changni changyutgich, supurgi yoki polyuvgich bilan oldindan olib tashlang, so’ngra yuzani LOBA CleanFix yoki Cleaner bilan nam arting. Qattiq yopishgan dog’larni va eski parvarishlash vositalari qoldiqlarini yordamida umumiy tozalash orqali ketkazish kerak. Tegishli mahsulotlarning texnik ma'lumotlariga ham ahamiyat bering.
- Qo'llash sohasiga muvofiq parvarishlash ko'rsatmalariga rioya qiling.
- Parvarishlash qatlamini qo'llash orqali xususiyatlarni va/yoki yaltirash darajasini o'zgartirish mumkin. Sirpanishga qarshil va sport polining yaroqliligi uchun sinov sertifikatlariga rioya qilish kerak.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA yuza shpateli, po’stinli maxsus polyuvgich, purkagich yoki sochiq / 10-30 ml/m² (30-100m²/l). LOBASAND NormalPAD oq bilan tekislashtirish, ortiqchasini butunlay olib tashlash.
Qurish vaqti
- Qismlarga bo’lib ishlang va darhol, kamida 15 daqiqa ichida tekislang.
- 4-6 soatdan keyin ehtiyotkorlik bilan ustidan yurish mumkin.
- 12 soatdan keyin to'liq nagruzka ruxsat etiladi, ya'ni yuza usti ochiladi.
Qo'llash:
TayyorgarlikLOBA ParkettSoap bilan polni yaxshilab tozalang. Ehtiyojga qarab bitta diskli mashinadan va yengil abraziv LOBASAND SpecialPad (sarg’ish/yashil) foydalaning.
Qo’llash:Materialni tuksiz mato bilan yupqa qilib surtib chiqing va 15 daqiqa ichida ortiqcha qismini butunlay olib tashlang.
Alternativa sifatida, yuza shpateli yoki maxsus polyuvgich yordamida materialni qismlarga bo’lgan holda yoki butun yuzaga yupqa qilib surting. 15 daqiqa ichida ortiqcha qismini bitta diskli mashina va LOBA tolali mato bilan olib tashlang, so'ngra butun yuza bilan LOBASAND NormalPad oq bilan tekislang.
Muhim ko'rsatmalar
Namlangan lattalar, yostiqchalar va boshqa ish materiallarini yopiq idishlarda saqlang, silliqlash changini moyli latta bilan birga suvga namlab, yopiq idishda saqlang va yongʻindan himoyalangan tarzda chiqitga chiqaring, aks holda oʻt olishi mumkin. Ishlov berish va quritish vaqtida ish sohalarini shamollating.