- Yumshab turgan dog’ va changni changyutgich, supurgi yoki polyuvgich bilan oldindan olib tashlang, so’ngra yuzani LOBA CleanFix yoki Cleaner bilan nam arting. Qattiq yopishgan dog’larni va eski parvarishlash vositalari qoldiqlarini yordamida umumiy tozalash orqali ketkazish kerak. Tegishli mahsulotlarning texnik ma'lumotlariga ham ahamiyat bering.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
- Qo'llash sohasiga muvofiq parvarishlash ko'rsatmalariga rioya qiling.
- Parvarishlash qatlamini qo'llash orqali xususiyatlarni va/yoki yaltirash darajasini o'zgartirish mumkin. Sirpanishga qarshil va sport polining yaroqliligi uchun sinov sertifikatlariga rioya qilish kerak.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA po’stinli maxsus polyuvgich, katta yuzalar uchun tegishli maxsus tekis polyuvgich / 30-40ml(g)/m² = 25-35m²/l(kg) = 3-4l/100m².
Qurish vaqti
- 1-2 soatdan keyin qayta ishlov berish mumkin.
- 12 soatdan keyin to'liq nagruzka ruxsat etiladi, ya'ni yuza usti ochiladi.
Qo'llash:
Material bo’limlarga ajratilgan holda qo’yiladi va so’ngra bir tekis qatlamda surtiladi. Applikatorni imkon darajada pol bir tekis qo’ying va uni ko’tarmang, bosim bermasdan ishlating. Xonaning bir tomonidan boshlang va keyin devordan devorga chiqish eshigi bilan xonaning qarama-qarshi tomoniga ishlang. Xona to’liq surkab singdirilgan bo’lishi kerak. Polga hech qachon quritish paytida ishlov bermaslik, chunki bu oraning ochilishiga olib keladi.
Umumiy tozalash:
LOBA CareRemover umumiy tozalash yordamida mahsulotni qayta yo’q qilish mumkin, batafsil ma'lumot uchun mahsulotning texnik ma'lumotlariga qarang.
Muhim ko'rsatmalar
Ushbu sohada taqdim etilgan sanoat qoplamali yuzalarning ko'pligi va shu sohadagi lakning sifati, shuningdek, qoplama ishlab chiqaruvchilarining parvarish qilish bo'yicha ko'rsatmalariga rioya qilishni tavsiya etamiz; Agar ikkilanishlaringiz bo'lsa, qoplama ishlab chiqaruvchisi yoki LOBA qo’llanish texnikasi bilan bog'laning. Bundan tashqari, siz namuna yuzalarida moslikni o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin.