- Yuza tegishli ravishda tekislangan bo‘lishi lozim. Pol quruq va eski qoplamalar, yog‘, moy, mum, silikon, shlifovka changi va boshqa ifloslanishlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
- Ishlov berish uchun maqbul sharoit: xona harorati +15°C - + 25°C, pol harorati +15°C dan +22°C gacha, nisbiy namligi 40% - 75%, material harorati +18°C - + 25°C, taxta namligi maks. 12%, ish xonalarining yetarli shamollatilishi.
- Ishlov berilayotganida parketga shikast yetmasligi uchun xonadagi o‘rtacha yillik mikroiqlimga tayanish lozim.
- Haddan tashqari shishish xavfini kamaytirish uchun kuniga 2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda surtish tavsiya etiladi.
- Mahsulot polga quymang, LOBA chelagini qo'llang.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
- Ushbu mahsulot LOBA va Wakol ning "Connected Systems" tarkibiy qismi hisoblanadi. Wakol parket yelimlari bilan ruxsat etilgan kombinatsiyalarni "Connected Systems Matrix“ dan olishingiz mumkin: www.loba.de/connected-systems
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA Deluxe 120 bo'yoq rulosi va LOBA Mikrofiber bo'yoq roligi 100-120 / 100-120 ml(g)/m² = 8-10 m²/l(kg)
Qurish vaqti
- Kamida 4 soatdan keyin ehtiyotkorlik bilan ustidan yurish, shlifovkalash va ikkinchi qoplamani surish mumkin.
- 24 soatdan keyingi yengil nagruzkaga javob beradi.
- 5 kundan keyin to'liq nagruzka va yuzani ochib tashlash mumkin.
- LOBA Cover 400 yordamida ertaroq yuzani ochish mumkin. Batfsil ma'lumot uchun mahsulotning texnik ma'lumotlariga qarang.
- Agar qurilish ishlari olib borilayotgan joyda harorat +20°C va havo namligi 50% gacha hamda ishlash xonalari to'liq ventilyatsiya qilinsa.
Oraliq silliqlash
24 soat ichida silliqlashsiz surtish mumkin, keyinchalik esa - oraliq silliqlash bilan qayta loklash mumkin. So‘nggi qatlamni surtishdan oldin, oraliq silliqlash yordamida optik yakuniy ko‘rinishini yaxshilash mumkin.LOBASAND P 120 teshikchali shleyfovka diski yoki yupqalovchi diskni, qo'shimchasiga LOBASAND P120 gubka yoki yupqalovchi diskni qo'llansin.Ikkinchi marta loklashdan oldin ehtiyotkorlik bilan chang tozalansin.
Sport parketiga va Sport yog‘och pollariga qo‘llash (surtish):
- Yuza asosini hamma talabga mos ravishda tayyorlang va gruntlang.
- Gruntovkani quritish belgilangan tartibda.
- Birinchi qatlamga SportFinish ni surting.
- Quritish.
- Oraliq silliqlash.
- Ikkinchi qatlamga SportFinishni surting.
Eski sport parket pollarini qayta loklash / ta'mirlash:
Yuza qismiga LOBA SportFinish bilan ishlov berildi.
LOBA CareRemover bilan gruntovkalash. Bitta diskli mashina va LOBASAND SpecialPad grün dan foydalanish talab qilinadi. Parvarish vositalarining qoldiqlari butunlay bartaraf qilinishi kerak, hatto kichik qoldiqlar ham lakning adgeyizasiga salbiy ta’sir qiladi. - Toza suv bilan artib oling (neytrallang).
- Quritilgandan so‘ng puxtalik bilan oraliq silliqlashni amalga oshiring.
- LOBA SportFinish bilan bir qatlamga surting.
Boshqa germetika bilan qoplangan ko‘plab sport parket pollari ham xuddi shu jarayon yordamida qayta loklanishi mumkin. Moslashuvchanlik oldindan sinov qoplamasi va yopishqoqlik sinovi bilan tekshirilishi kerak. Agar ikkilansangiz LOBA foydalanish texnologiyasini o‘rganib chiqing.
Bir-biriga mos mahsulotlar kombinatsiyasi
Mos gruntovkalar:
Qo’shimchalarQo'llash sohasi, xususiyatlari va ko'rinishi LOBA qo'shimchalari bilan birlashtirilishi orqali kengaytirilishi mumkin. Mumkin bo'lgan kombinatsiyalar, batafsil qo'llash ma'lumotlari va quritish vaqtlarini qo'shimchalarning tegishli texnik ma'lumotlaridan topishingiz mumkin.