- Optimal ishlov berish sharoitlari+15 ° C dan + 25 ° C gacha, nisbiy namlik 40% dan 75% gacha, materialning harorati +15 ° C dan + 25 ° C gacha.
- Surtilgan qatlam darhol qurib qolmasligi uchun issiq yoki kuchli quyosh nurlari tushgan yuzalarga surtmang. Agar surtilgandan 3 soatdan keyin yomg’ir kutilayotgan bo’lsa surtmang.
- Agar ikkilanishlar mavjud bo’lsa, mos kelishlik, yopishqoqlik va ko’rinishni aniqlash uchun sinov maydonini yarating. Natijalar yog’och turlariga qarab, ayniqsa moyli, to’q rangli va smolali yog’och turlariga qarab farq qilishi mumkin.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Mahsulot polga quymang, LOBA chelagini qo'llang.
- Yuzaga tomishning oldini oling, shuningdek darhol mo’yqalam yoki cho’tka bilan tekis surting.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA moylash cho’tkasi, mo’yqalam / 100-120ml/m². Materialning haqiqiy sarfi yog'och turiga, yog'ochning namligiga va yuzaning ob-havo ta’siriga qarab o’zgarishi mumkin. Yuqori ob-havo ta’siri bo’lgan yuzalar uchun sezilarli darajada yuqori material sarfini hisoblash kerak.
Qurish vaqti
- 24 soat ichida qayta ishlov berish 2-3 soatdan keyin.
- Bir kecha quritilgandan keyin yengil bosim mumkin.
- 48 soatdan keyin to'liq bosim mumkin
Tayyorgarlik:
Dastlabki foydalanish- Yerni LOBA DeckDegrayer mahsulotining texnik ma’lumotlarida keltirilgan "Eski foydalanilgan palubalar", shuningdek "Yangi yotqizilgan palubalar" Ko’rsatmalarga asosan tayyorlang.
- LOBA DeckPrepare texnik ma’lumotlarga ko’ra surting.
- 1 soatda quriydi. To’liq quritilishini kuting.
- LOBA DeckFinish Color surting
- Quritish kamida 2 soat
- LOBA DeckFinish Color bilan yana ikkinchi qatlamiga surting
Foydalanish davomi- LOBA DeckDegrayer bilan mahsulotning texnik ma’lumotlarga asosan umumiy tozalash, yuzani mos keluvchi mashina bilan silliqlang.
- LOBA DeckPrepare texnik ma’lumotlarga ko’ra surting.
- 1 soatda quriydi. To’liq quritilishini kuting.
- LOBA DeckFinish Color ni surting
Vizual ko’rinishini uzoq muddat yaxshi saqlashingiz uchun yilda bir marotaba umumiy tozalash va terrassa palubasini yangidan qatlamlashni amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.
Bir-biriga mos mahsulotlar kombinatsiyasi
Oldindan ishlov berish
- LOBA DeckPrepare bilan oldindan ishlov berish yopishqoqlik xususiyatlarini optimallashtirish va yog'ochning rangsizlanishiga qarshi turish uchun tavsiya etiladi.