- Optimal ishlov berish sharoitlari+15 ° C dan + 25 ° C gacha, nisbiy namlik 40% dan 75% gacha, materialning harorati +15 ° C dan + 25 ° C gacha.
- Surtilgan qatlam darhol qurib qolmasligi uchun issiq yoki kuchli quyosh nurlari tushgan yuzalarga surtmang. Agar surtilgandan 3 soatdan keyin yomg’ir kutilayotgan bo’lsa surtmang.
- Agar ikkilanishlar mavjud bo’lsa, mos kelishlik, yopishqoqlik va ko’rinishni aniqlash uchun sinov maydonini yarating. Natijalar yog’och turlariga qarab, ayniqsa moyli, to’q rangli va smolali yog’och turlariga qarab farq qilishi mumkin.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Mahsulot polga quymang, LOBA chelagini qo'llang.
- Yuzaga tomishning oldini oling, shuningdek darhol mo’yqalam yoki cho’tka bilan tekis surting.
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA moylash cho’tkasi, mo’yqalam / 100-120ml/m². Materialning haqiqiy sarfi yog'och turiga, yog'ochning namligiga va yuzaning ob-havo ta’siriga qarab o’zgarishi mumkin. Yuqori ob-havo ta’siri bo’lgan yuzalar uchun sezilarli darajada yuqori material sarfini hisoblash kerak.
Qurish vaqti
- 1 soatda quriydi. To’liq quritilishini kuting
Tayyorgarlik:
Optimal dastlabki ishlov berishni LOBA DeckDegrayer ning texnik ma’lumotnomasida topishishingiz mumkin
Ishlov berish:
- Foydalanishdan oldin yuza quritilgan bo’lishi kerak.
- Bir qatlam LOBA DeckPrepare dan surting
- 1 soatda quriydi. To’liq quritilishini kuting.
- So’ngra LOBA DeckOil / Color yoki LOBA DeckFinish Color ni texnik ma’lumotlarga ko’ra surting.
- Vizual ko’rinishini uzoq muddat yaxshi saqlashingiz uchun yilda bir marotaba umumiy tozalash va terrassa palubasini yangidan qatlamlashni amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.
Bir-biriga mos mahsulotlar kombinatsiyasi
Keyingi parvarishlash uchun tavsiya etilgan uslublar
- LOBA DeckOil & DeckOil Color
- LOBA DeckFinish Color
Muhim ko'rsatmalar
Yorqin rangga ega bo'lgan yog'och turlari uchun LOBA DeckOil (ayniqsa shaffof) bilan birgalikda materialga bir tekis surtilishiga ishonch hosil qiling. Materialni tekstura bo’yicha taxtama-taxta surting va bir-birining ustiga chiqib ketishining oldini oling, chunki ular ko’rinib qolishi mumkin.