- Massani qoring. 10:1 nisbatda qotiruvchi vositani qo'shing va aralashtiring. Aralashtirishda LOBA o'lchov idishini qo'llang va tarkibiy qismlarni o'lchang. Aralashtirilgandan so'ng 2 soat ishlov berilishi kerak.
- Yuza tegishli ravishda tekislangan bo‘lishi lozim. Pol quruq va eski qoplamalar, yog‘, moy, mum, silikon, shlifovka changi va boshqa ifloslanishlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
- Ishlov berish uchun maqbul sharoit: xona harorati +15°C - + 25°C, pol harorati +15°C dan +22°C gacha, nisbiy namligi 40% - 75%, material harorati +18°C - + 25°C, taxta namligi maks. 12%, ish xonalarining yetarli shamollatilishi.
- Ishlov berilayotganida parketga shikast yetmasligi uchun xonadagi o‘rtacha yillik mikroiqlimga tayanish lozim.
- Haddan tashqari shishish xavfini kamaytirish uchun kuniga 2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda surtish tavsiya etiladi.
- Mahsulot polga quymang, LOBA chelagini qo'llang.
- Mahsulot yaxshilab chayqatilisin.
- Ushbu mahsulot LOBA va Wakol ning "Connected Systems" tarkibiy qismi hisoblanadi. Wakol parket yelimlari bilan ruxsat etilgan kombinatsiyalarni "Connected Systems Matrix“ dan olishingiz mumkin: www.loba.de/connected-systems
- Umumiy va mahsulotga taaluqli mehnatni muhofaza qilishga doir qonun buzilmasin. Mahsulotning sog'lik uchun kimyoviy ta'siriga taaluqli ko'rsatmalar korxona nizomida mavjud va ularni www.wingis-online.de web-sahifasidan ham olish mumkin.
Suyultirgich
Mahsulot ishlov berish uchun oldindan tayyorlangan, uni suyultirilmasin!
Surtish uskunasi / material sarfi
LOBA Deluxe 120 bo'yoq rulosi va LOBA Mikrofiber bo'yoq roligi 100-120 / 100-120 ml(g)/m² = 8-10 m²/l(kg)
Qurish vaqti
- Kamida 4 soatdan keyin ehtiyotkorlik bilan ustidan yurish, shlifovkalash va ikkinchi qoplamani surish mumkin.
- 24 soatdan keyingi yengil nagruzkaga javob beradi.
- 5 kundan keyin to'liq nagruzka va yuzani ochib tashlash mumkin.
- LOBA Cover 400 yordamida ertaroq yuzani ochish mumkin. Batfsil ma'lumot uchun mahsulotning texnik ma'lumotlariga qarang.
- Agar qurilish ishlari olib borilayotgan joyda harorat +20°C va havo namligi 50% gacha hamda ishlash xonalari to'liq ventilyatsiya qilinsa.
Oraliq silliqlash
24 soat ichida silliqlashsiz surtish mumkin, keyinchalik esa - oraliq silliqlash bilan qayta loklash mumkin. So‘nggi qatlamni surtishdan oldin, oraliq silliqlash yordamida optik yakuniy ko‘rinishini yaxshilash mumkin.LOBASAND P 120 teshikchali shleyfovka diski yoki yupqalovchi diskni, qo'shimchasiga LOBASAND P120 gubka yoki yupqalovchi diskni qo'llansin.Ikkinchi marta loklashdan oldin ehtiyotkorlik bilan chang tozalansin.
Parket va yog'och pollarda qo'llash:
- Gruntni yaxshilab tayyorlang va gruntovka surting.
- Gruntovkani yuqorida tasvirlanganidek quriting.
- Lokni surting.
- Quritish.
- Oraliq silliqlash.
- Ikkinchi qatlam lokni surting.
Qo‘rqda qo‘llash:
Yopishtiruvchi yetarlicha qotgandan keyingina himoyalashni amalga oshiring.
Davolanmagan tabiiy qo‘rq:
- Lakni valik bilan uch qatlam surish. Birinchi qatlamdan so‘ng tun bo‘yi quritish (granulatning shishib ketish xavfini kamaytiradi). Oxirgi qatlamdan oldin oraliq silliqlash.
Eski qoplamalarni va zavodda oldindan qavatlangan po’kaklarni tiklash uchun mos emas, LOBA 2K Duo bu maqsadda ishlatilishi mumkin, mahsulot uchun texnik ma’lumotlarga qarang.
Bir-biriga mos mahsulotlar kombinatsiyasi
Grunt ishlatish tavsiya etiladi:
Chekka yopishtirish va qatlam hosil bo‘lishini kamaytirish hamda yog‘och tarkibidagi moddalarni bloklash, masalan, ekzotik yog‘ochlarda.
- EasyPrime VivaPrime PrimaSeal Plus (erituvchi asosli)
Qo’shimchalarQo'llash sohasi, xususiyatlari va ko'rinishi LOBA qo'shimchalari bilan birlashtirilishi orqali kengaytirilishi mumkin. Mumkin bo'lgan kombinatsiyalar, batafsil qo'llash ma'lumotlari va quritish vaqtlarini qo'shimchalarning tegishli texnik ma'lumotlaridan topishingiz mumkin.